Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bolalar xavfsizligi masalasi deputat e’tiborida
янв.21
Ayollar manfaatlari — davlat siyosati markazida!
янв.21
Bolalar xavfsizligi masalasi deputat e’tiborida
янв.21
Ayollar manfaatlari — davlat siyosati markazida
янв.21
Katta Olmazor mahallasida xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Chilonzor tumanida fuqaro murojaati yuzasidan deputatlik so‘rovi ijrosi ta’minlandi.
янв.21
8-Lutfiy okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
“Ogoh bo‘ling, firibgar!” targ‘ibot aksiyasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida memorandum imzolandi
янв.21
Deputatlar "Chilonzor tajribasi" doirasida joriy etilgan tizimli ishlarni tashkil etish amaliyoti bilan tanishdi
Saylovchilar bilan uchrashu hamda 2025 yil yakuni bo‘yicha qilingan ishlar axboroti

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati 1-Xalqabod saylov okrugidan saylangan deputat N.Ruziyeva o‘zi saylangan hududda navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hudud fuqarolari bilan bevosita muloqot qilinib, ularning muammolari va takliflari tinglandi, mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida deputat 2025 yil davomida hududda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha atroflicha axborot berdi. Ushbu axborotda bajarilgan loyihalar, amalga oshirilgan tadbirlar, ko‘rilgan choralar va erishilgan natijalar bayon etildi. Shuningdek, hududdagi ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan tavsiyalar va takliflar qayd etildi, ularni keyingi ish faoliyatida inobatga olish hamda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Deputatning axboroti hamda fuqarolar bilan muloqot orqali hududiy faoliyat samaradorligini oshirish va belgilangan reja-grafik asosida ishlarni sifatli bajarish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 6