Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mutalov Omonulla Nigmatullayevichning 2025-yilning uchinchi choragi
yakunlari bo‘yicha saylovchilarga axboroti
6-Beshchinor saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mutalov Omonulla
Nigmatullayevich joriy yilning III choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilar oldida belgilangan tartibda hisobot berdi. Tadbirda “Navbahor” MFY raisi hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Hisobot choragi davomida bajarilgan ishlar
Hisobot davrida deputat Chilonzor tuman Kengashining 3 ta sessiyasida faol ishtirok etdi. Sessiyalarda tuman va okrugda dolzarb bo‘lgan qator masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha deputat tomonidan taklif va tashabbuslar ilgari surildi:
yo‘l-transport infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilash;
aholini qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish; bolalar va yoshlar uchun zamonaviy
ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish; kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish.
Saylovchilar murojaatlari va ularning ijrosi
Uchrashuv davomida saylovchilar
tomonidan bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Jumladan:
ayrim ko‘p qavatli uylar liftlarining nosoz holga kelgani;
bolalar maydonchalarini qurish, mavjudlarini ta’mirlash hamda xavfsizlik talablariga moslashtirish zarurati;
piyodalar yo‘laklariga asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha ehtiyoj;
umumiy foydalanishdagi hududlarda ayvonchalar va dam olish maskanlarini barpo etish takliflari.
Mazkur murojaatlar yuzasidan deputat omonidan mas’ul tashkilotlar bilan tezkor aloqaga chiqildi hamda muammolarni joyida o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Murojaatlarning ijrosi deputatning shaxsiy nazoratiga olindi.
Xulosa va kelgusi rejalari
Yakuniy so‘zda deputat Mutalov Omonulla Nigmatullayevich saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borishni davom ettirishini qayd etdi. Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, ularni amaliy yechimlar bilan ta’minlash hamda aholining farovonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi ekani ta’kidlandi.