Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Tashmuxamedova Muxabbat Baxtiyorovna o‘z saylov okrugiga tashrif buyurib, saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mutalov Omonulla Nigmatullayevichning 2025-yilning uchinchi choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilarga axboroti
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Murotova Lola Ne'matjon qizining 2025-yilning uchinchi choragi yakunlari boʻyicha saylovchilarga axboroti
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Tadjiyeva Muhabbat Haydaraliyevnaning 2025-yilning uchinchi choragidagi faoliyati yuzasidan saylovchilarga axboroti
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna Lutfiy MFY mahalla yettiligi faoloyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Miryunosov Alisher Xabibullayevichning mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mamatqulov Ilhom Abdurashidovichning 2025-yilning uchinchi choragidagi faoliyati yuzasidan saylovchilarga axboroti
янв.21
Shodmonov Shoxrux O'ktamovichning 2025-yilning uchinchi choragidagi faoliyati yuzasidan saylovchilarga axboroti
янв.21
Deputat Rima Rashitovna Xidiyatulinaning 2025-yil uchinchi choragidagi faoliyati yuzasidan saylovchilarga axboroti
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna Lutfiy MFY mahalla yettiligi faoloyatini o‘rgandi

 Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna Lutfiy mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)da mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, jamoatchilik faolligi, fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni o‘rgandi.

 Uchrashuv davomida mahalla yettiligi a’zolari hududdagi dolzarb masalalar — ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar holati, yoshlar bandligi, mahalla infratuzilmasi, obodonlashtirish ishlari hamda profilaktik tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar atroflicha muhokama qilindi.

 Deputat Xidiyatulina Rima Rashitovna ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishini, aholi farovonligini oshirish yo‘lida mahalla yettiligi bilan doimiy muloqot va hamkorlik davom ettirilishini ta’kidladi.

 Tashrif ochiq va samarali muloqot ruhida o‘tdi hamda mahalla hayotini yaxshilashga qaratilgan muhim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.