Milliy tiklanish demokratik partiyasi Buxoro tuman Kengashi deputati N.G‘aybullayeva o‘z saylov okrugidagi “Sheyxoncha” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud faollari va “yettilik” a’zolari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🔰 16-Chorraxa saylov okrugidan saylangan deputat H. Sariyeva “Yangi Turmush” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, saylovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Allanazarova o‘z saylov okrugida bo‘lib, hududdagi yoshlar sport maydonchasi hamda 1-son texnikumda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri S.Samadov, bosh mutaxassisi N.Jo‘raev hamda xudud deputati U.Sodiqovalar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rgandi.