Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

17-MAKTAB FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

17-MAKTAB FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

Xalq deputatlari Uychi tumani Kengashi raisi G. Hakimova hamda 2-Obod saylov okrugi deputati R. Nazarova tomonidan tumandagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida maktabning bugungi faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayonlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida mavjud muammo va kamchiliklar o‘rganilib, ularni bartaraf etish, maktabda ta’lim sifatini yanada oshirish hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Tashrif yakunida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
 

Slide 1 of 1