QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 7–Qahramon saylov okrugi deputati S. Xakimov saylangan hududda Kengash bosh mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan monitoring o‘tkazildi.
Monitoring davomida “Qahramon” MFY hududida 330 o‘rinli yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi hamda 12×24 metr o‘lchamdagi sport zalini qurish ishlari bilan tanishildi.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlari tasdiqlangan reja-grafik asosida belgilangan muddatlarda olib borilayotgani, obyektda qurilish jarayoni belgilangan tartibda davom etayotgani qayd etildi.
Mazkur obyektning o‘z vaqtida va sifatli foydalanishga topshirilishini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.