35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

17-GULISTON SAYLOV OKRUGIDA HUDUD INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol

17-GULISTON SAYLOV OKRUGIDA HUDUD INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Tursunova Shahnoza Jurakulovna tashabbusi bilan 24 talik tavsiyalar ijrosi doirasida "17-Guliston" saylov okrugidagi A.Sog‘uniy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati hamda hudud infratuzilmasining holati tanqidiy-tahliliy o‘rganildi.

📊 Jarayon davomida mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi “Iqbol Nur Servis” va “Uchmakon” boshqaruv servis kompaniyalarining faoliyati, ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatish sifati, obodonlashtirish ishlari hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.

💬 Shuningdek, Diyorobod mahallasidagi 1- va 5-uylar oralig‘ida joylashgan futbol maydoni holati ko‘zdan kechirilib, mavjud muammolar yuzasidan mahalla yettiligi bilan fikr almashildi.

🧠 O‘rganish yakunida futbol maydonini tartibga keltirish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash, masalani mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ijobiy hal etish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 7