Yangiliklar

Zarafshon OSHP faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati A. Abdumurotov tomonidan Olmazor mahallasida joylashgan Zarafshon oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik bazasi, tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda tibbiyot xodimlarining faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy yordamning holati, dori-darmon ta’minoti va mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.

Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Aholi salomatligini mustahkamlash va tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi o‘rganishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 2