#Deputat_sorovi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati L.Djamolova tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari A.Tamiqayevga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Joylarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida “Taraqqiyot” mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqaroning ijtimoiy holati, yashash sharoiti hamda nogironligi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Murojaatda qayd etilgan muammolarni hal etish, jumladan, ijtimoiy reyestrga kiritish, voyaga yetmagan nevaralariga bolalar nafaqasi tayinlash hamda zarur ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalarini ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|