✅ Asosiy diqqat-e’tibor: mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, ijtimoiy xodim, yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisining ish samaradorligi, ijtimoiy
ehtiyojmandlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarga qaratildi.
✅ Avvalgi o‘rganuvda deputat tomonidan “mahalla yettiligi” xodimlariga faoliyatidagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish
bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilgan edi.
✅ Deputat so‘roviga javob berildi: Deputat Dilmurod Abdurazaqov tomonidan “Chorbog” MFY O‘roqchi qishlog‘ida yashovchi 80 yoshli mehnat faxriysi, uzoq yillar davomida jamoa xo‘jaligining chorvachilik tarmog‘ida ilg‘or ishchi bo‘lib xizmat qilgan, hozirda nafaqadagi fuqaro ijtimoiy himoyaga muhtoj Ismoilova Suydinsaxon onaning onkoligik kasalligi tufayli davolanish uchun mablag masalasida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilgan edi.
✅ Deputat so‘rovi javoban: Suydinsaxon onaga shifoxonada davolanishi uchun bepul yo‘llanma berildi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi