Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq 24- sessiyasini chaqirish kunini o'zgartirish haqida
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
#munosabat
янв.21
📍Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi 25-dekabr kuniga tuman hokimligining majlislar zalida o‘tkaziladi
янв.21
Konstitutsiya-shaxs daxlsizligining kafolatidir
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashining 21-sessiyasi chaqirildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik amal qiladi.
янв.21
Konstitutsiya — davlatning mustahkam tayanchi
янв.21
Inson-eng oliy qadriyat!
янв.21
🏗 Davlat dasturi ijrosi deputatlar na’zoratida
Kuz-qish mavsumi boshlandi: maktabda nima gaplar?!

 🔹Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining 19-“Imomboqi” saylov okrugi deputati Isroiljon Isaqov tumanning nuroniy-maslahatchilari Abdurahim Norqo‘ziev va Bahodirjon Hamroqulov hamroxligida “Oqsuv” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yaratilgan sharoitlar, kuz – qishga tayyorgarlik, issiqlik tizimi, o‘quvchilar davomati, dars jarayonlari, “Yashil makon” loyihasi, “Oila-maktab-mahalla hamkorligi” hamda texnika xavfsizligi masalalari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazdi. O‘quvchilar davomatini yanada yaxshilash uchun ota-onalar va mahalla faollari hamkorligidagi amaliy ishlarga e’tibor
qaratildi, o‘qituvchi-pedagoglarning dars jarayonlariga tayyogarligi yuzasidan tavsiyalar berildi. 

🔹Havoning borgan sari sovib borishi ijtimoiy soha ob’ektlarida, ayniqsa, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida isitish tizimidagi muammolarni yuzaga chiqaradi. Kuz-qish mavsumi masalasida esa, maktabda yoqilg‘i-ko‘mir mahsuloti zaxirasi yaratilgan, qozonxonalar va issiqlik tizimi talab darajasida ishlamoqda. 

🔹O‘tgan 2024-2025-o‘quv yilida maktabni tamomlagan 45 nafar o‘quvchidan 10 nafari davlat oliy o‘quv yurtlariga, 7 nafari xususiy oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingani, 3 nafari texnikumga, 25 nafarining bandligi ta’minlangani alohida e’tirof etildi. 

🔹Deputat va maktab pedagoglar jamoasi hamkorligi natijasida o‘quv muassasasi atrofining qirq metr masofadagi ochiq holda qolgan hududi deputat homiyligida devor qilib berildi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 1