Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi deputati Mahmudova Muxayyo Turgunovna 15-Yangiqurilish saylov okrugida joylashgan Navoiy MFY aholisi va mahalla yettiligi bilan uchrashdi. Muloqot davomida mahalladagi dolzarb masalalar, aholini qiynayotgan muammolar va takliflar birma-bir qayd etilib, ularga yechim topish yo‘llari ko‘rib chiqildi.