Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Doimiy komissiya kun tartibida Yoshlar ishlari agentligi Buloqboshi tumani bo'limi tomonidan 1-chorak bo'yicha amalga oshirgan ishlari hamda maktablar hududlarida fast food mahsulotlari va gazlangan energetik ichimliklar savdosi, shuningdek, tuman maktablarida ovqatlanish sifati va sanitariya talablariga rioya etilishi holati bo'yicha masalasi ko'rildi.
Komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan fikrlar bildirilib, muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.