Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi murojaatlarining hal etilish jarayonlari deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati B.Muxammadiyeva tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov hamkorligida Muzrabot tumanidagi Xalq qabulxonasiga tashrif buyurib, kelib tushgan murojaatlarning hozirgi kundagi ijro holatlari bilan tanishdi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra Muzrabot tumani aholisidan O‘zbekiston Respublikasi Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar 2026-yilning 20-aprel holatiga 1787 tani tashkil qilgan shundan 1316 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib 790 tasi yoki 60,1 foizi ijobiy hal qilingan, 417 tasiga huquqiy ma’lumot berilib hal etilgan, 474 tasi ko‘rib chiqish jarayonida, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 88 taga yoki 5 %ga murojaatlar kamaygan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muzrabot tumanidagi Xalq qabulxonasiga 112 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib shundan, 105 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib 93 tasi yoki 87 foizi ijobiy hal qilingan, 9 ta murojaatlarga huquqiy ma’lumot berilib hal etilgan, 3 ta murojaat rad etilgan, 7 tasi ko‘rib chiqish jarayonida.

Bundan tashqari, aholi bilan muloqot tizimini yanada kuchaytirish maqsadida, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tuman tashkilot rahbarlari xar bir mas’ullar tomonidan haftasiga kamida 1 marotaba mahallalarda shaxsiy sayyor qabullar o‘tkazish bo‘yicha reja-grafik tasdiqlangan bo‘lib, ushbu grafik asosida 51 marta sayr qabullar o‘tkazilgan.

Slide 1 of 2