Buloqboshi tumani MMTB tasarrufidagi 27-umumta’lim maktabida “Tashabbusli byudjet” bo‘yicha “Sifatchiroq” MCHJ tomonidan ishlar boshlangan.
Hozirgi kunda maktabning fasad qismini old tomoni va binoning o‘ng tomoni va orqa qismining 3/1 qismida ta’mirlash va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Binoning boshlang’ich sinflar tomoni “G” va “B” blogida va yuqori sinflarning “B” blogida eshik va romlarini yangilash ishlari ketmoqda. “Sifatchiroq” MCHJ ish yurituvchisi bilan suhbatlashganda belgilangan muddatda qurilish ishlarini yakunlanishi haqida ma’lumot berdi.
O‘qish jarayoni maktab binosining “A” blogida olib borilmoqda, o’quvchilar havfsizligini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tuzilgan, navbatchilik tashkil qilingan. Maktabning boshlang’ich sinf o‘quvchilari 2-navbatga ko‘chirilgan. Dars jarayonida mummolar mavjud emas. Issiqlik tizimi ham normal holatda ishlayapti.