Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A.Appaqov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O.Olimjonov Andijon shahridagi “Ishchilar” MFYda bo‘lishdi.
Tashrif davomida mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi amaliy faoliyat bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, hududda yashovchi fuqaroning uy-joyida qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha qilgan murojaati ham joyiga chiqib o‘rganildi.
Mazkur murojaat yuzasidan belgilangan tartibda ijtimoiy daftarlardan yordam ajratish bo‘yicha tegishli mas’ul ташкилotlarga deputat so‘rovi kiritilishi belgilandi.