Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Q. Bobojonov hamda tuman hokimining o‘rinbosari X. Qurbonovalar O‘zbekobod mahallasida ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turuvchi ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldilar.
Tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, daromad manbalari va mavjud muammolari o‘rganildi. Shuningdek, mas’ul mutaxassislar tomonidan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda daromadlarini oshirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi.
Bu kabi manzilli uchrashuvlar fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda farovon turmush kechirishlari uchun zarur ko‘makni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Har bir oilaning farovonligi — mahalla taraqqiyoti va jamiyat rivojining muhim omilidir.