Yangiliklar

JAMOATCHILIK NAZORATI.

Xalq deputatlari Bo‘zatov tuman Kengashi 8-"Erkindaryo" saylov okrugidan (O‘zLiDeP) deputat J.Jumanazarov tomonidan aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash masalalariga doimiy e’tibor qaratish maqsadida jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Jumladan, deputat ishtirokida "Erkindaryo" hududidagi bozorlarda narxlarning barqarorligi, savdo faoliyatining tashkil etilishi, aholini zarur iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlash holati va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish holatlari hamda ayrim tadbirkorlar tomonidan narxni sun’iy ravishda oshirishga urinishlar bo‘yicha hududdagi oziq-ovqat do‘konlarini o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar jarayonida sotuvdagi oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoiti, sanitariya talablariga rioya etilishi, mahsulotlar sifati va narxlarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratildi.  

Slide 1 of 4