Bo‘zatov tumanida Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari kotibiyat boshliqlari va mutaxassislari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida Xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini takomillashtirish, sessiyalarni sifatli tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, hujjatlar bilan ishlash tartibi va mahalliy vakillik organlari faoliyatiga taalluqli ustuvor masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ishtirokchilar normativ-huquqiy hujjatlardagi yangiliklar, elektron hujjat aylanishi va Kengashlar faoliyatidagi amaliy masalalar bilan tanishdi. Seminar yakunida kelgusida bajariladigan vazifalar belgilanib, tegishli takliflar bildirildi.
Seminar tajriba almashish, kasbiy bilimni oshirish va Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qildi.