Bepul dori vositalari ta’minoti nazorat qilindi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda muassasada aholiga bepul beriladigan dori vositalari ta’minoti holatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida dorilarning yetarliligi, mavjudligi hamda belgilangan talablarga muvofiq saqlanish holati ko‘zdan kechirildi.
📌 Aholini zarur dori vositalari bilan ta’minlash masalasi deputatlik nazoratida.