Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shirinobod mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Shirinobod saylov okrugida tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
🩺 Sayrob mahallasida aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat tashkil etildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida elektr ta’minoti infratuzilmasi yangilanmoqda
янв.21
Ko‘chkak mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Machay mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Ko‘chkak mahallasida elektr ta’minoti infratuzilmasi yangilanmoqda

 Ko‘chkak mahallasida elektr ta’minoti infratuzilmasi yangilanmoqda

🏘 Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 16-“Ko‘chkak” saylov okrugidan saylangan deputati B.Qodirov tomonidan Ko‘chkak mahallasida amalga oshirilayotgan infratuzilma ishlari o‘rganildi.

📄 Mazkur ishlar xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 2026 yil 3 martdagi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dastur doirasida amalga oshirilmoqda. Qarorda Ko‘chkak MFY uchun jami 3 mlrd so‘mlik loyihalar belgilangan.

⚡️ Jumladan, Ko‘chkak mahallasida tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish yo‘nalishida 2 ta transformator o‘rnatish — 350 mln so‘m, 50 ta tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish — 110 mln so‘m, shuningdek, mavjud suv tarmog‘ini yangilash va ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari belgilangan.

🔌 O‘rganish davomida mahallada elektr ta’minoti bilan bog‘liq infratuzilmani yaxshilash, mavjud elektr tarmoqlarining holati va aholi uchun xavfsiz hamda barqaror elektr ta’minotini ta’minlashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

👷‍♂️ Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan loyiha talablari asosida sifatli bajarilishi, aholiga qulaylik yaratishi hamda infratuzilma ob’ektlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, belgilangan ishlar ijrosini ta’minlash va ularni o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 6