Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shirinobod mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Shirinobod saylov okrugida tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
🩺 Sayrob mahallasida aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat tashkil etildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida elektr ta’minoti infratuzilmasi yangilanmoqda
янв.21
Ko‘chkak mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Machay mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Shirinobod mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi

🛣 Shirinobod mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi

🏘 Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashiga 14-“Shirinobod” saylov okrugidan saylangan deputat Safarov Behzod Abdusalomovich tomonidan Shirinobod mahallasida amalga oshirilgan asfaltlash ishlari o‘rganildi.

📄 Mazkur ishlar Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yil 3-martdagi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dastur asosida amalga oshirilgan. Qarorning 2-ilovasiga ko‘ra, Shirinobod MFY uchun jami 3 mlrd so‘mlik manzilli dastur belgilangan.

🛣 Dastur doirasida mahallada tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish yo‘nalishida 3,4 km masofada asfalt yotqizish ishlari belgilangan bo‘lib, loyiha qiymati 1 mlrd 650 mln so‘mni tashkil etadi. Shundan 650 mln so‘m respublika budjeti, 1 mlrd so‘m mahalliy budjet hisobidan moliyalashtirilishi ko‘rsatilgan.

👷‍♂️ O‘rganish jarayonida amalga oshirilgan asfaltlash ishlarining holati, yo‘l qoplamasining sifati hamda belgilangan loyiha talablariga muvofiqligiga e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, mahalla aholisi uchun yaratilgan qulayliklar, yo‘l infratuzilmasining yaxshilanishi va amalga oshirilgan ishlardan samarali foydalanish masalalari ko‘zdan kechirildi.

🌿 Maqsad — Shirinobod mahallasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi va tadbirkorlar uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda manzilli dasturda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash.

Slide 1 of 5