Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shirinobod mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Shirinobod saylov okrugida tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
🩺 Sayrob mahallasida aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat tashkil etildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida elektr ta’minoti infratuzilmasi yangilanmoqda
янв.21
Ko‘chkak mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Machay mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
TASHKILOTLAR VA DEPUTAT HAMKORLIGI YO‘LGA QO‘YILGAN

O‘rganish davomida Bog‘ot tuman irrigatsiya bo‘limi hisobida 162,6 km uzunlikdagi xo‘jaliklararo kanallar hamda 296 ta gidrotexnik inshoot mavjudligi qayd etildi.

2026–2027-yillar davomida jami 32,4 km uzunlikdagi xo‘jaliklararo kanallarni loyqadan tozalash 97,7 ming m³ tuproq ishlarini amalga oshirish uchun 575,2 mln so‘m mablag‘ rejalashtirilgan.

Shuningdek, kanallardagi 28 ta gidrotexnik inshootni 256,0 mln so‘m hamda 15 ta gidropostni 23,0 mln so‘m mablag‘ hisobidan ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

Sentabr oyida xo‘jaliklararo kanallarni loyqadan tozalash bo‘yicha grafik reja 6,7 km etib belgilangan bo‘lib, amalda 4,8 km kanal tozalandi.

Ichki sug‘orish tarmoqlarini mexanizmlar yordamida loyqadan tozalash bo‘yicha sentabr oyiga belgilangan 8,4 km reja to‘liq bajarildi. Hozirda hududlarda loyqadan tozalash ishlari davom ettirilmoqda.

Uchrashuv yakunida kelgusida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 2