Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi 36-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibidan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi yakunlari, tuman tibbiyot birlashmasi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Olmazor tumani bo‘limining 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha hisobotlari o‘rin oldi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullar axborot berib, deputatlar tomonidan muhokamalar o‘tkazildi.