Nurafshon mahallasida yangi loyiha o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov hamda deputat B. Umarov tomonidan Nurafshon MFY hududida avtomobillarga o‘quv mashqlarini bajarish maydonchasi va qo‘shimcha inshootlarini qurish loyihasi o‘rganildi.
O‘rganish davomida loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, hududning mavjud imkoniyatlari hamda fuqarolar uchun yaratiladigan sharoitlar bilan tanishildi. Mazkur loyiha hududda avtomobil boshqarishni o‘rganuvchilar uchun qulay va zamonaviy o‘quv-amaliy sharoit yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.