Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shirinobod mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Shirinobod saylov okrugida tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
🩺 Sayrob mahallasida aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat tashkil etildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida elektr ta’minoti infratuzilmasi yangilanmoqda
янв.21
Ko‘chkak mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Machay mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
19¹-modda. #Kengash_Qarori_ijrosi_deputat_nazoratida #Obodonlashtirish_va_bunyodkorlik

Oltinsoy tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, mahallalar infratuzilmasini tubdan yaxshilash hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini amalda ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mazkur qarorlar ijrosining borishi, obodonlashtirish va bunyodkorlik loyihalarining sifat darajasini baholash maqsadida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Musurmon Abduraxmonovich Xujanov, tuman Kengashi deputati Azamat Karamatovich Mamatmuratov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tumandagi “Chep” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishdi.

Tashrif davomida mas’ullar “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida mahalla hududida olib borilayotgan keng ko‘lamli asfaltlash va yo‘l infrastrukturasini modernizatsiya qilish ishlarini bevosita joyida ko‘zdan kechirishdi. Deputatlar va kotibiyat xodimlari ish jarayonining texnik talablarga mosligi, ishlatilayotgan asfalt-beton qoplamasi va qurilish materiallarining sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilayotganiga alohida e’tibor qaratdilar.

Shuningdek, o‘rganish davomida mahalla faollari va hudud aholisi bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning yo‘l qurilishi va boshqa maishiy masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.

Tadbirkorlar va mas’ul pudratchi tashkilot vakillariga ishlarni sifatli, texnik standartlarga to‘liq javob beradigan tarzda yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi. Hududlarda bu kabi deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 6