Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shirinobod mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Shirinobod saylov okrugida tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
🩺 Sayrob mahallasida aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat tashkil etildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida elektr ta’minoti infratuzilmasi yangilanmoqda
янв.21
Ko‘chkak mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Machay mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev va Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyevlar tomonidan tumanda kuzgi ko‘chat ekish mavsumiga tayyorgarlik, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Jumladan, Shodlik mahallasida A-373 xalqaro magistral avtomobil yo‘li chetlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida ko‘chat ekish uchun yer maydonlarini tayyorlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida hududni ko‘chat ekish mavsumiga puxta tayyorlash, yer maydonlarini sifatli tayyorlash hamda ekiladigan ko‘chatlarni kelgusida parvarishlash masalalari tahlil qilindi.

Deputatlar tomonidan belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash, hududning obodligi va ko‘rkamligini oshirishga qaratilgan ishlarni sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
 

Slide 1 of 4