Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shirinobod mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Shirinobod saylov okrugida tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
🩺 Sayrob mahallasida aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat tashkil etildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida elektr ta’minoti infratuzilmasi yangilanmoqda
янв.21
Ko‘chkak mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Machay mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#21_band
#162_qonun
#ekspert_guruhi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Obod yurt” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muntazam tahlil qilib borilmoqda.

Shu doirada, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar tumanning 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratova okrugiga qarashli “Obod yurt” mahallasida bo‘lib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish davomida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan ishlash, muammoli oilalar va ijtimoiy jihatdan xavfli vaziyatga tushib qolgan fuqarolar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar holatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida profilaktika inspektori faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablari asosida baho berildi.

Mas’ullar tomonidan mahallada xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlash faqat sodir etilgan huquqbuzarliklarga munosabat bildirish bilangina cheklanmasdan, ularning oldini olish, sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash hamda fuqarolar bilan manzilli profilaktik ishlash orqali yo‘lga qo‘yilishi lozimligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, profilaktika inspektori faoliyatini yanada takomillashtirish, mahallada huquq-tartibotni mustahkamlash va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 1