Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shirinobod mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Shirinobod saylov okrugida tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
🩺 Sayrob mahallasida aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat tashkil etildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida elektr ta’minoti infratuzilmasi yangilanmoqda
янв.21
Ko‘chkak mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Machay mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
"Majnuntol" mahallasida aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi!

Termiz shahrida aholi bandligini ta’minlash, oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish hamda ehtiyojmand qatlamni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar Kengashning 22-“Majnuntol” saylov okrugi deputati J.Xamroqulov okrugiga qarashli “Majnuntol” mahallasida bo‘lib, aholi bandligini oshirish, yangi daromad manbalarini yaratish, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Suhbat davomida “Majnuntol” mahallasi kesimida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar belgilab olindi:

• "Xonadonbay" tahlil va reyestrlar: Mahalladagi ishsiz, kam daromadli va ehtiyojmand oilalarning haqiqiy ahvolini xonadonbay o‘rganish va ularni kambag‘allikdan chiqarishning individual rejalarini yangilash;

• Muvaffaqiyatli ishga joylashtirish: Vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqarolarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni hududdagi va shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga manzilli yo‘naltirish;

• Yangi daromad manbalari va tadbirkorlik: Hokim yordamchisi ko‘magida fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilishini jadallashtirish;

• "Yettilik" faolligini oshirish: Mahalla mas’ullarining "xonadonbay" ishlash tizimidagi mas’uliyatini yanada kuchaytirish.

Suhbat yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborish va ijrosini qat'iy nazorat qilish kelishib olindi.

Slide 1 of 1