Yangiliklar

📜 PQ-49-SON QARORI IJROSI DOIRASIDA YANGI SOG‘LOMLASHTIRISH MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

📍 Shovot tumani Zamondosh mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-son qarori ijrosi doirasida yangi tashkil etilgan sog‘lomlashtirish markazi faoliyati o‘rganildi.
🤝 O‘rganishda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 8-Shovot saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Yusupova Feruza Shuxratovna, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov hamda Zamondosh mahallasi hokim yordamchisi I. Qurbonov ishtirok etdi.
💰 Mazkur sog‘lomlashtirish markazi imtiyozli 100 million so‘mlik kredit mablag‘i hisobidan “Allaberganov Hamid” MChJ tomonidan tashkil etilgan.
🏢 O‘rganish davomida markazda yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
👥 Shuningdek, loyiha orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar daromadini oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha loyiha faoliyatini yanada rivojlantirish va yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganib boriladi.