Yangiliklar

HOKIM YORDAMINCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

HOKIM YORDAMINCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🚨 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov 15-Pasurxi saylov okrugidan tuman Kengashiga saylangan deputat Sharipov Normahmat Saidovich bilan hamkorlikda Pasurxi mahallasida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisining ish faoliyati bilan tanishdi.

🚨 O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish hamda fuqarolarning muammolarini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🚨 Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan aholi bilan ishlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish holati yuzasidan fikr almashildi.

🚨 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda mahallada aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4