XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov 15-Pasurxi saylov okrugi deputati Sharipov Normahmat Saidovich bilan hamkorlikda Pasurxi mahallasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faolining ish faoliyati bilan tanishdi.
✅ O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, xotin-qizlar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va aniqlangan muammolarni manzilli hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.