«Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
📌 O‘RQ-641-son | 15.10.2020-yil
Maxtumquli mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F. Navro‘zov tomonidan Inson ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda Maxtumquli mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning ijtimoiy huquq va manfaatlarini ta’minlash holati o‘rganildi.
🔹 Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari;
🔹 Muammolar va ehtiyojlarni aniqlash;
🔹 Zarur ijtimoiy ko‘mak va xizmatlarni tashkil etish;
🔹 Inklyuziv muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Maqsad: nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash.