Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Faxriddin Navro‘zov tomonidan Maxtumquli mahallasida aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash hamda belgilangan muddatlarda yetkazib berilishi holati o‘rganildi.
📍 O‘rganish davomida: — aholiga suyultirilgan gaz ballonlarining yetkazib berilishi va taqsimlanish holati;
— gaz ta’minotining muntazamligi va mavjud muammolar;
— fuqarolarning murojaat va takliflari o‘rganildi.
🤝 Aholi bilan muloqot davomida suyultirilgan gaz ta’minotini yanada yaxshilash, yetkazib berishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.
Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.