Yangiliklar

📚 KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH — E’TIBORDA

👤 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F. Navruzov tomonidan hududdagi kutubxonalar faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida:
🔹 kutubxonalarning moddiy-texnik holati va kitob fondi bilan tanishildi;
🔹 aholiga, ayniqsa, yoshlar va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi;
🔹 kitobxonlar uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tahlil qilindi;
🔹 kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
📖 Maqsad — aholining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy muhitni rivojlantirish.
🤝 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.