Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shirinobod mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Shirinobod saylov okrugida tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
🩺 Sayrob mahallasida aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat tashkil etildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida elektr ta’minoti infratuzilmasi yangilanmoqda
янв.21
Ko‘chkak mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Machay mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
YOSHLAR SPORTI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov tomonidan Sovot QFYning Sohibkor qishlog‘ida joylashgan mini futbol maydonining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mini futbol maydonining umumiy holati, futbol maydoni qoplamasi, jihozlarning sozligi hududning obodonlashtirilishi hamda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sport maydonidan yoshlarning muntazam foydalanishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga qiziqishini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mahalla mas’ullari bilan birgalikda maydonni doimiy saqlash, sport jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, hududni obodonlashtirib borish hamda yoshlar uchun yanada qulay sharoit yaratish bo‘yicha fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mini futbol maydonini soz va foydalanishga qulay holatda saqlash, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1