Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shirinobod mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Shirinobod saylov okrugida tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
🩺 Sayrob mahallasida aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat tashkil etildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida elektr ta’minoti infratuzilmasi yangilanmoqda
янв.21
Ko‘chkak mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Machay mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
TA’LIM UCHUN YARATILGAN IMKONIYATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov hamda mahalla faollari tomonidan 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim jarayonlari, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlardan foydalanish samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabda dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, pedagoglarning faoliyati, o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud moddiy-texnik baza hamda ta’lim jarayonida yaratilgan imkoniyatlardan qay darajada samarali foydalanilayotgani ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, fan to‘garaklari va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Maktabdagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘quvchilar uchun yanada qulay ta’lim muhitini yaratish, pedagoglarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ta’lim samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq va samarali foydalanish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1