AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
🚨 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.B.Bahoviddinov tomonidan aholi murojaatlarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida saylov okrugi hududida ko‘chama-ko‘cha yurib, xonadonma-xonadon muloqotlar o‘tkazildi.
🚨 O‘rganish jarayonida fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari, taklif va murojaatlari tinglanib, ularni tizimli ravishda qayd etish maqsadida «Murojaatlar daftari» yuritildi.
🚨 Kelib tushgan murojaatlarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish, ularning ijrosini nazoratga olish hamda aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
✍✍✍ Deputatning aholi bilan bunday bevosita muloqotlari — muammoni xonadonning o‘zida o‘rganish va uning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.