OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KIBERXAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
Mazkur Qonun 2022-yil 25-fevralda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2022-yil 17-martda Senat tomonidan maʼqullangan.
Qonunning asosiy maqsadi — kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Qonunda:
🔹 kiberxavfsizlikning asosiy prinsiplari;
🔹 kibertahdid va kiberhujumlarga qarshi choralar;
🔹 davlat organlari hamda tashkilotlarning majburiyatlari;
🔹 muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini himoya qilish;
🔹 axborot tizimlari xavfsizligini taʼminlash;
🔹 kiberjinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalari belgilab qoʻyilgan.
Shuningdek, Qonunga muvofiq:
🫥 davlat organlari va tashkilotlari oʻz axborot tizimlari xavfsizligini taʼminlashi;
🫥 kiberhujumlar haqida vakolatli organlarni xabardor qilishi;
🫥 maʼlumotlarning zaxira nusxalarini saqlashi;
🫥 sertifikatlangan himoya vositalaridan foydalanishi shart etib belgilangan.
Bugungi raqamli davrda kiberxavfsizlik — davlat va jamiyat xavfsizligining muhim tarkibiy qismidir.
Axborot xavfsizligini taʼminlash — har bir tashkilot va fuqaroning muhim vazifasidir.