MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Rayhon Matyaqubova hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Rahimova tomonidan Oshiqqalpoq mahallasida yashovchi fuqaro Quvonch Hasanovaning murojaati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqaroning turmush o‘rtog‘i vafot etganligi sababli oilada boquvchisini yo‘qotgan farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga imtiyoz asosida bepul qabul qilish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgani aniqlandi.
Murojaatda ko‘tarilgan masalaning qonuniy va ijtimoiy jihatlari o‘rganilib, fuqaroga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Deputat tashabbusi va deputatlik nazorati asosida 5-son maktabgacha ta’lim tashkilotiga ariza qabul qilinishi ta’minlandi.
Natijada fuqaroning farzandi belgilangan imtiyozlar asosida bepul ta’lim olish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olindi.
Mazkur holat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ko‘tarilgan muammolarni amaliy natija bilan yakunlashda deputatlik nazoratining muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
📌 Fuqarolar manfaatini himoya qilish, murojaatlarning ijrosini nazoratga olish va muammolarga amaliy yechim topish — xalq deputatlari Kengashi deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.
Murojaat e’tiborda — deputatlik nazorati amalda — natija fuqarolar manfaatida!