35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLARNING MUROJAATLARI TINGLANDI
янв.21
MUNCHOQ MAHALLASI, PANJOB QISHLOG‘IDA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
✅ DEPUTATNING HUQUQLARI — NAZORAT VA TASHABBUS IMKONIYATI
янв.21
Huquqbuzarliklarning oldini olish — asosiy vazifa
янв.21
Bugun Boysun tumani hokimi B.Shukurov boshchiligida Mustaqillik mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududda olib borilayotgan amaliy ishlar tuman Kengashi deputatlari, mahalla yettiligi rahbarlari, faollar, yoshlar ishtirokida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”ги 706-II-сонли O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
DEPUTAT VA KENGASh — XALQ MANFAATLARINI IFODALOVChI MUHIM BO‘G‘IN
янв.21
«YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI» MAHALLALAR — YANGI MUHIT
янв.21
YOSHLAR MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR BANDLIGI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi oʻrganish o‘tkazildi.
Unda doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi, komissiya a’zosi N.Akbarova hamda “Adolat” SDP shahar partiya tashkiloti raisi, deputat S.Azizov ishtirok etdi.

O‘rganish Marg‘ilon shahridagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida maxsus tayyorlangan savolnoma asosida olib borildi. Asosiy e’tibor ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida boshqa fuqarolar bilan teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha belgilangan talablarning amalda qanday bajarilayotganiga qaratildi.

Xususan, shahar Kengashi tomonidan ushbu toifadagi fuqarolar uchun ish o‘rinlarining eng kam soni belgilanganligi, ajratilgan o‘rinlarning yolg‘iz ota-onalar, ko‘p bolali oilalar, harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarni qamrab olishi o‘rganildi.

Shuningdek, 20 nafar va undan ortiq xodim ishlaydigan tashkilotlarda zaxira ish o‘rinlarining amalda mavjudligi va foydalanishga tayyorligi, belgilangan muddatlarda ularning kamida 25 foizi tayyorlanganligi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilganiga e’tibor qaratildi.

Nazorat tadbirida masalaning eng muhim jihatlaridan biri — fuqarolarning amalda ishga joylashtirilishi masalasi bo‘ldi. Bunda ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalari tuzilganligi, fuqarolarni ishga qabul qilishdan asossiz ravishda bosh tortish holatlari mavjud yoki mavjud emasligi va bunday holatlar aniqlanganda mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgani ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan fuqarolarni ishga joylashtirish borasidagi ishlar ham nazoratdan chetda qolmadi.

O‘rganish jarayonida 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori talablarining bajarilmagan holatlarida mas’ul tashkilot va mansabdor shaxslarga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilgan-ko‘rilmagani, hududda mazkur yo‘nalishda mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ham o‘rganildi. Masalaning avval Kengash sessiyalarida muhokama qilinganligi va berilgan topshiriqlar ijrosi ham ko‘rib chiqildi.

Deputatlar fikricha, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun ish o‘rni yaratish — faqat bandlik ko‘rsatkichini oshirish emas. Bu, avvalo, insonning munosib daromad topishi, oilasining moddiy barqarorligini ta’minlashi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun zarur sharoit yaratishdir.

Shu bois bu boradagi talablarning qog‘ozda qolib ketmasligi, ajratilgan zaxira ish o‘rinlarining amalda mavjud bo‘lishi va ularga fuqarolar haqiqatan ham ishga joylashtirilishi muhim.

Nazorat tadbiri yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi manfaatlarini ta’minlash, bandlik sohasidagi qonunchilik talablarining ijrosini o‘rganish va aniqlangan muammolarni deputatlik nazoratiga olishga qaratilgan bunday tadbirlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6