💧 Mustaqillik mahallasida oqar suv tarmog‘i yaxshilanmoqda
📍 Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati J.Usmonov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev va “Mustaqillik” MFY raisi D.Toshpo‘latovlar tomonidan “Mustaqillik” mahallasi Navro‘z ko‘chasida oqar suv tarmog‘ini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida “Mustaqillik” mahallasi Navro‘z ko‘chasidagi ichki ariqlar (765 m) o‘rnatish ishlari olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi. Mazkur ishlarning aholi uchun qulaylik yaratish va oqar suv ta’minotini yaxshilashdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
🇺🇿 Deputatlar tomonidan ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.