O‘rganish jarayonida deputatlik so‘rovlarida saylovchilar va aholini qiynayotgan dolzarb muammolarning aks ettirilishi, so‘rovlarning asoslanganligi, ularni tegishli tashkilotlarga kiritish amaliyoti, shuningdek, berilgan javoblarning mazmunan asoslanganligi va ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimiga qaratilganligi tahlil qilindi.
Shuningdek, deputatlik so‘rovlarining ijrosini tizimli nazorat qilish, mas’ul tashkilotlar tomonidan berilgan javoblarni tanqidiy baholash va muammolarning yakuniy yechimiga qadar deputatlik nazoratini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
Tashrif davomida tuman Kengashi deputati B.Bekmurodov, boshqa deputatlar hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Nomozov bilan suhbat o‘tkazilib, deputatlik faoliyatini yana-da samarali tashkil etish, so‘rovlarni tayyorlash sifatini oshirish va ularning natijadorligini ta’minlash yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
"Shuningdek, hujjatlarni rasmiylashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan taqdim etilgan namunalar, Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi reglamenti hamda Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilishi yuzasidan tavsiyalar berildi.