#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
🤝 Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi qoidalari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, 21-“G‘urjak” saylov okrugi deputati Z.Eshmurodova tomonidan “G‘urjak-1” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🗣 Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi.
📌 Shuningdek, hududda aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda deputatlik nazorati orqali ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔎 Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.
🤝 Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi bevosita muloqotni mustahkamlash, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda hududdagi muammolarni manzilli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.