📍 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi kotibiyat mudiri X. Sultonov “Pichoqchi Metal Servis” MChJ tomonidan davlat dasturi asosida qurilayotgan 5 qavatli, 20 xonadonga mo‘ljallangan turar joy binosining qurilish jarayoni bilan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan loyiha asosida amalga oshirilishi hamda bunyodkorlik jarayonining holatiga e’tibor qaratildi.
🏠 Mazkur turar joyning foydalanishga topshirilishi aholini zamonaviy va qulay uy-joy bilan ta’minlash, hududda bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Qurilish jarayonlari — doimiy e’tibor va nazoratda!