Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi mas’ul kotibi P. Rahmonov Navbahor mahallasida Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan 116 ta oilaga ijtimoiy xodim tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ehtiyojlari, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning samaradorligi hamda mavjud muammolarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur jarayonda mahalla elatko‘mi Egamberdi Mirzayev ham ishtirok etdi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, aholiga ijtimoiy xizmatlarni sifatli va manzilli ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.