35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLARNING MUROJAATLARI TINGLANDI
янв.21
MUNCHOQ MAHALLASI, PANJOB QISHLOG‘IDA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
✅ DEPUTATNING HUQUQLARI — NAZORAT VA TASHABBUS IMKONIYATI
янв.21
Huquqbuzarliklarning oldini olish — asosiy vazifa
янв.21
Bugun Boysun tumani hokimi B.Shukurov boshchiligida Mustaqillik mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududda olib borilayotgan amaliy ishlar tuman Kengashi deputatlari, mahalla yettiligi rahbarlari, faollar, yoshlar ishtirokida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”ги 706-II-сонли O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
DEPUTAT VA KENGASh — XALQ MANFAATLARINI IFODALOVChI MUHIM BO‘G‘IN
янв.21
«YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI» MAHALLALAR — YANGI MUHIT
янв.21
YOSHLAR MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📝Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi va a’zolari, Kengash huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

🔹 Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
1️⃣ 2026-yil 2-mavsum “Tashabbusli budjet” jarayonlari yakuniga ko‘ra g‘olib bo‘lgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
2️⃣ Doimiy komissiyaning 2026-yil 19-avgustdagi DKQ 03-01/94-26-sonli qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.

📊 “Tashabbusli budjet”ning 2026-yil ikkinchi mavsumi yakunlari
Yig‘ilish davomida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i R. Suvanovning axboroti eshitildi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ochiq budjet” rasmiy veb-sayti orqali hududlarda mavjud mahalliy muammolarni fuqarolar tashabbusi asosida bartaraf etish maqsadida 2026-yilning ikkinchi mavsumidagi jarayonlar amalga oshirildi.
Mazkur mavsum doirasida Boyovut tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan jami 106 ta taklif ilgari surildi.
Bildirilgan takliflar belgilangan mezonlarga muvofiqligi hamda tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlari nuqtayi nazaridan o‘rganilib, 88 ta taklif tanlab olindi.
Tanlab olingan takliflar ovoz berish jarayonini tashkil etish uchun “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirildi.
🗳 Ovoz berish jarayonlari yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan 10 ta taklif g‘olib deb topildi.
🏆 Deputat tanlovi
Shuningdek, “Tashabbusli budjet” jarayonlarida deputatlar tomonidan ilgari surilgan “Deputat tanlovi” doirasidagi takliflardan 2 ta loyiha ham g‘olib deb topildi.
Mazkur loyihalar 37-Sirdaryo viloyati saylov okrugi deputati Olimova Gavhar Dusbekovna tomonidan tanlangan loyiha hisoblanadi.
Yig‘ilishda g‘olib bo‘lgan takliflarni moliyalashtirish, “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da shakllangan mablag‘larni belgilangan tartibda yo‘naltirish, shuningdek, tegishli doimiy komissiya qaroriga zarur qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
💬 Ekspert guruhi a’zosidan taklif.
Muhokamalar jarayonida ekspert guruhi a’zosi tomonidan g‘olib loyihalarni amalga oshirishdagi ayrim kamchiliklarga e’tibor qaratildi. Xususan, ayrim loyihalarda ishlarning sifati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi masalalarida yetarlicha nazorat mavjud emasligi tanqid qilindi.

💬 Deputat A.Amankilov tomonidan bildirilgan taklif asosida, muhokamalar davomida g‘olib bo‘lgan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, loyihalar ijrosi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📍Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 15