35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT VA KENGASh — XALQ MANFAATLARINI IFODALOVChI MUHIM BO‘G‘IN
янв.21
«YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI» MAHALLALAR — YANGI MUHIT
янв.21
YOSHLAR MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
INFRATUZILMA VA IJTIMOIY BARQARORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOTOQXONADAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Bugun Boysun tumani hokimi B.Shukurov boshchiligida Mahallalarni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish bo‘yicha Gaza mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududda olib borilayotgan amaliy ishlar tuman Kengashi deputatlari, mahalla yettiligi rahbarlari, faollar, yoshlar ishtirokida o‘rganildi.
янв.21
Mahallalarni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish bo‘yicha Sho‘rsoy mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ XONADONLAR O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DUOBA MAHALLASIDAGI ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
QASHQAR MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

 QASHQAR MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Meliboev hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Qashqar mahalla fuqarolar
yig‘inining Qashqar ko‘chasida mavjud muammolarni o‘rganildi.
 

Ko‘chaboshi K.Yunusov bilan birgalikda Qashqar ko‘chasi hududini aylanib,
muammolarni o‘rgandi.
 

O‘rganish davomida ko‘chaboshi K.Yunusov va aholi Qashqar ko‘chasiga kirish
qismida joylashgan 3 ta beton elektr ustuni yo‘lning chap tomonida qolib
ketgani, yangi tortib o‘tkazilgan elektr tarmog‘i esa yo‘lning o‘ng tomonidan
o‘tkazilgani, yo‘lni kengaytirilishi natijasida mazkur ustunlar qatnov qismiga
yaqinlashib qolgani bois avtotransport vositalari harakatiga xalaqit
berayotgani va yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini bildirdilar.
 

Mazkur holat yuzasidan deputat tomonidan mas’ul tashkilotga deputat so‘rovi
kiritish va muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish
belgilandi.
 

Muammo “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga kiritilib, uning ijrosi
deputat nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 4