35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan tumanda “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilgan “Uyenkulsay” mahallasida piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishi Kengash raisi O.Babayev tomonidan o‘rganildi.

🔺Piyodalar yo‘laklarini barpo etish orqali aholining, ayniqsa, keksa yoshdagilar, bolalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hamda maktab va boshqa ijtimoiy obyektlarga qatnovchi piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan. Deputat tomonidan yo‘laklarning qurilish sifati, belgilangan talablarga muvofiqligi, piyodalar harakati uchun yetarli kenglikda barpo etilishi hamda hududning umumiy obodonlashtirish konsepsiyasiga uyg‘unligiga e’tibor qaratildi.

🔺Shuningdek, piyodalar yo‘laklari avtomobil yo‘llari bilan tutash nuqtalarda harakat xavfsizligini ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Yo‘laklarning kirish-chiqish qismlari, piyodalar o‘tish joylari va aholi serqatnov hududlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4