35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘maklar va imtiyozlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov tumanning “Navro‘z” mahallasida nogironligi bo‘lgan fuqaroning xonadondagi sharoiti, ehtiyojlari hamda unga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va ko‘maklarning holati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida fuqaroning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishilib, uning kundalik hayotida duch kelayotgan muammolari, ijtimoiy va maishiy ehtiyojlari tinglandi. Fuqaroning huquq va manfaatlarini ta’minlash, munosib turmush sharoitini yaratish hamda zarur ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔻Deputat tomonidan fuqaroning ehtiyojlarini faqat bir martalik yordam bilan cheklab qolmasdan, uning kundalik hayotida zarur bo‘lgan ijtimoiy xizmatlar bilan muntazam ta’minlanishi muhimligi ta’kidlandi. Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyat hayotiga to‘liq jalb etish, ular uchun qulay muhit yaratish va mavjud muammolarini manzilli hal etishga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

🔻Deputat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan xonadonbay ishlash, ularning real ehtiyojlarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1